«“KOREA HEAVY MACHINES " MCHJ da gidravlik tizimlarning diagnostikasi

Mashinalarning gidravlikasini tekshirish maxsus jixozlar yordamida amalga oshiriladi. Diagnostika vaqtida ustalarimiz:


  • Moy bosimi, harorati va ishchi suyuqliklar sarfi nazoratini olib borish;
  • yedirilish darajasini baholash va qismlarning nosozliklarini aniqlash;
  • gidravlik tizimning holati haqida xulosa chiqarish;
  • nosoz detallarni tiklash yoki almashtirish maqsadga muvofiqligini aniqlash amalga oshiriladi.
Professional jixozlardan foydalangan holda o'z vaqtida diagnostika qilish — gidravlik tizimning nosozligi tufayli texnikaning buzilishi bilan bog'liq moliyaviy yo'qotishlarni kamaytirishning eng yaxshi usuli.

Gidravlik tizimlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash: Ish turlari

  • Gidronasoslarni ta'mirlash - korpusni demontaj qilish, ehtiyot qismlarni yuvish, eskirgan joylarni tekshirish va o'lchash, chidamliligini tekshirish, ishchi moyi to’kilgan joylarni bartaraf qilish, val yuzasida korroziyani bartaraf etish, zararlangan qismlarni ta'mirlash yoki almashtirish, yig'ilgan agregatni stendda sinash va ishga tushirish.
  • Gidromotorlarni ta'mirlash - buzilish sabablarini batafsil tekshirish va aniqlash, nuqsonli (nosoz) elementlarni (podshipniklar, salniklar, vallar, shaybalar) demontaj qilish va almashtirish, yig’ish va stol-testi otkazish. Qayta tiklash mumkin bo'lmasa, biz buzilgangan gidromatorni yangi sertifikatlangan agregatga almashtirishni amalga oshiramiz.
  • Gidrosilindirlarni ta'mirlash - demontaj qilish, ehtiyot qismlarda nosozliklar topish, chizilishlar va o’yilishlarni bartaraf etish uchun sirtiga mexanik ishlov berish, komponentlarni almashtirish (shtoklar, gilzalar, zichlovchilar, sapfalar, porshenlar, yoriqlar, o`q qutilari), yig'ilgan agregatni bosim ostida tozalash va sinovdan o'tkazish.
  • Gidrotaqsimlagichlarni ta'mirlash-barcha komponentlarda oqishlarni o'lchash va diagnostika qilish, zolotnik korpusini/qopqog'ini tiklash, eskirgan xavfsizlik klapani va boshqa qismlarni almashtirish, ta'mirlangan qisimni sinab ko'rish.

Sarflangan materiallarini almashtirish-ishchi suyuqlik ko`rsatkichlarini o`lchash, mavjud bo'lgan suyuqliklarni tozalash yoki yangi filtrlarni o'rnatish, suyuqliklarni almashtirish. Ushbu protsedura har bir 2000 moto soat uchun tavsiya etiladi.

Kompaniyamiz maxsus texnika ishlab chiqaruvchilari bilan yaqindan hamkorlik qiladi va gidrotizimlar uchun original komponentlarning katta omborxonalariga ega. Ishlab chiqaruvchi zavodlarning tavsiyalariga muvofiq sertifikatlangan ehtiyot qismlarni o'rnatish ta'mirlangan joylarlarning xizmat vaqtini sezilarli darajada uzaytiradi va uzoq vaqt davomida mashinalarning uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Har qanday kapital ta'mirlashga kafolat beriladi.

Mutaxassislar Sertifikati

KOREA 
HEAVY MACHINES

Manzil:
Toshkent sh, Bektemir tumani,
Olmos ko'chasi, 74
Aloqa:
Tel: +99890 0000 888

Aloqa

Ish tartibi 09.00 - 20.00
Пн-Сб  GMT +05:00

WhatsApp  Telegram  

+9 989 00 000 888

 

Поиск по каталогу Uz